Tebas: “Bir o'yinni deb butun taqvimni almashtira olmaymiz”

15 noya 2019, 22:17
La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” himoyachisi Serxio Ramosning “Barselona”- “Real” uchrashuvining boshlanish vaqti borasidagi etiroziga o'z munosabatini bildirdi.

Futbolchining fikricha, El klassiko oldidan “Barselona” futbolchilari “Real”ga nisbatan ko'proq dam olish imkoniyatiga ega bo'lisharkan.

“Agar “Real” Superkubok finaliga yo'l oladigan bo'lsa, ularga keyingi o'yingacha hordiq chiqarishlari uchun ko'p vaqt bo'lmaydi.

Bu kabi holatlar har bir chempionatda uchrab turadi. Biz bitta o'yinni deb, barcha jamoalar daqiqasigacha bir xil hordiq chiqarishi uchun  butun boshli taqvimga o'zgartirish kirita olmaymiz. Bu xato ish bo'lardi”, deydi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo