

“A Seriyada 2-o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi o'yin uchun mas'uliyat bilan yondashishimiz kerak. “Inter”da kuchli futbolchilar etarlicha. Javob o'yini yo'q, shu bois imkoniyatlar teng. Bu yerda tasodifan paydo bo'lib qolmaganmiz. Albatta, “Inter”ni hurmat qilamiz, ammo o'z o'yinimizni namoyish etishdan to'xtamoqchi emasmiz.
“Benfika”ga qarshi o'yingacha ham yarim final haqida o'ylagandik. “Inter”ning kuchli tomonlariga qarshi turish qiyin bo'ladi, lekin biz klub tarixiga kirishni xohlaymiz. Finaldan atigi bir qadam orqadamiz”, deya aytgan 32 yoshli braziliyalik.



