Taniqli murabbiy Qozog'istonning Yevropa chempionatida ishtirok etishiga qarshi chiqdi

Оқил Абдубарноев
25 noya 2023, 00:34
Ruminiyalik taniqli mutaxassis Mircha Luchesku Evro-2024 turniriga saralash formatini tanqid qildi.

Kievning “Dinamo”, Doneckning “Shaxtyor”, “Zenit” va Turkiya terma jamoasining sobiq ustozi Qozog'istonning Yevropa chempionatida ishtirok etishi noto'g'ri ekanligini aytdi. 

"Hozir final bosqichida juda ko'p jamoa qatnashayotganini guvohi bo'lyapmiz. Men murabbiy bo'lganimda, qita turnirida bor-yo'g'i sakkizta jamoa o'ynagan. Ulardan ettitasi saralashdan o'tgan. 

Hozir Evroda 24 ta, Jahon chempionatida 32 ta, kelajakda esa 48 ta jamoa ishtirok etadi. Kichikroq davlatlar talablarga javob bera olmasligi mumkin. 

Qozog'iston Evroda? Bu mantiqan to'g'ri emas. Bu haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan narsa, UEFA bunga qanday ruxsat beradi?", - dedi Luchesku.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ua-football.com