Takkinardi: "Milan" bilan o'yinda "Yuventus"da ustunlik bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
7 fev 2015, 17:16
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Alessio Takkinardining fikricha, A Seriyaning 22-turida Italiyaning amaldagi chempioni "Milan"ga qarshi o'yinda o'zining ustunligini namoyish etadi.

"Yuventus" hozirda yaxshi formada  va "Milan"ga qarshi uchrashuvda "Keksa sinora"da ustunlik bo'lishi aniq. Buning ustiga turinliklar o'z stadionida o'ynaydi. "Milan" hozir kasal" - deydi Takkinardi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Milan" uchrashuvini 8 fevral kuni soat 00.40 dan boshlab hamkorimiz aleziya.com caytining "Setanta Sports+" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri ko'rib borishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com