Tayfun Filippindan Vetnamga qarab "yo'l olgan"

Nadirkhuja Yuldashev
11 noya 2013, 16:36
Bu xabar terma jamoamizning bazi a'zolarini xavotirga soldi. Yaqinda Filippinda ro'y bergan tabiat fojeasi tufayli 100 mingdan ortiq kishi jabrlandi, o'n minglab insonlar hayotdan ko'z yumdi.
Mamlakat tarixidagi eng katta tabiiy ofatlardan biriga "Xaynyan" nomini berishdi va u hozir Filippindan Vetnamga yetib kelishga ulgurdi. Mamlakatning shimolidan 600 mingga yaqin aholi evakuaciya qilindi. Tabiiy ofat 6 nafar vetnamlikning joniga etdi.

Bu xabarlarni TVda ko'rib, internet saytlarida o'qiyotgan futbolchilarimizning bazilarida hadik alomati bor. Ammo sinoptiklar, tabiiy ofat Vetnam poytaxtiga ta’sir ko'rsatmasligini aytib o'tganlar. Kecha esa Xanoy xalqaro aeraportidagi bir necha reyslar bekor qilingan.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia