
Tadqiqot davomida maosh bo'yicha yillik hisobot to'plangan ochkolarga solishtirildi. Natijalarga ko'ra, mavsumda o'ziga ikkinchi o'rinni taminlab qo'ygan "Tottenxem" eng yaxshi klub deb topildi. Keyingi o'rinlar "Bornmut" va "Everton"ga nasib etdi.
Bundan tashqari, tadqiqot davomida besh klub maosh uchun katta mablag' sarflashi aniqlandi - "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Arsenal" va "Liverpul". Ularning har biri Chempionlar ligasida o'ynash uchun yiliga 200 mln. funt sarflashga tayyor.
"Tottenxem" erishgan ikkinchi o'rni uchun ikki baravar kam pul safrlashi ma'lum bo'ldi. "Kuchli to'rtlik" klublari orasida narx va sifat bo'yicha "Chelsi" eng yaxshi deb topildi.