Tadich "Ayaks"dan ketmoqchi emasligini aytdi

Alisher
7 iyul 2021, 18:01
"Ayaks" hujumchisi va sardori Dushan Tadich klubini o'zgartirmoqchi emas.

"Men "Ayaks"da qolaman. Bu orzuimdagi klub, Amstyerdam esa dunyodagi eng chiroyli joylardan biridir, menga bu yerda o'ynash yoqadi", - deydi Tadich.

Eslatib o'tamiz, Tadich 2018 yilning yozidan beri "Ayaks" sharafini himoya qiladi.

Forvard 2020/21 yilgi mavsum jamoa safida 51ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 26ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf