Tadich "Ayaks" bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
16 iyul 2021, 15:40
Serbiyalik vinger Dushan Tadich Amstyerdamning "Ayaks" klubi bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

32 yoshli futbolchi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Oldingi bitim 2023 yilga qadar amal qilar edi.

Dushan 2018 yildan beri "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 149ta o'yinda maydonga tushib, 76ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl