Tachmurod Agamurodov: "Bilasiz, klubimizda biroz vaziyat o'zgargan"

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2017, 11:20
"Buxoro" klubi maslahatchi murabbiyi Tachmurod Agamurodov yangi mavsumga tayyorgarlik boradigan "Futbol Ekspress" nashriga intervyu berdi.

- 4 yanvardan Toshkentda mashg'ulotlarni boshlaymiz. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, yig'ilganimizdan so'ng barchasi ma'lum bo'ladi (suhbat 3 yanvarda bo'lib o'tgan). Bilasiz, klubimizda biroz vaziyat o'zgargan. Shuning uchun hozir aniq bir nima deyishga ojizman.

"Buxoro"ni Vadim Chemirtan tark etdi. Unga "Bunyodkor"dan yaxshi taklif tushdi. Shavkat Salomovni hozirda Malayziyada ekanini yaxshi bilasizlar. Jamoadan yana kimlar ketishayotgan ekan?

- Pardaev, Qutiboev, Mullajonov, Melziddinov, Ibragimov kabi yetakchilarni nazarda tutayapmiz.

- Yig'ilganimizdan keyin hammasi ma'lum bo'ladi. Ketishni xohlashayotgan futbolchilar bilan gaplashamiz va keyin bir qarorga kelamiz. Hozir bu haqda biror nima deya olmayman.

Eshitdik-da! "Buxoro" yetakchilari jamoadan ketishmoqda

Bugun "Buxoro"ning keyingi taqdiri hal bo'ladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia