Syominning iste'fosidan so'ng "Loko"ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari obunachilari kamaydi

Alisher
4 iyun 2020, 16:33
Yangi medialar bo'yicha "Zenit" sobiq direktori Egor Krecan Yuriy Syominning iste'fosi "Lokomotiv"ning ijtimoiy tarqmoqdagi sahifalariga ta’sir qilgani haqida yozdi.

"Syominning iste'fosi "Loko" obunachilari soniga ta’sir qildimi? Unchalik emas. 14 maydan 2 iyunga qadar bo'lgan holat:


- tvitter - 432 obunachi kamaygan (0,14%)

- "VKontakte" - 2853 obunachi kamaygan (0,7%)

- instagram - 3838 obunachi kamaygan (1,4%), shu jumladan 31 mayning o'zida 2957 obunachi kamaygan

- YouTube - 200 obunachi kamaygan (0,2%)

- feysbuk - 216 obunachi kamaygan (0,3%)

- "Odnoklassniki" - 50 obunachi kamaygan (0,11%)


Ammo bu grafikada dahshatli ko'rinadi", - deb yozgan Krecan tvittyerda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ridethecrab