

Eron OAV yozishicha, shvetsiyalik murabbiyga "Traktorsozi" klubidan taklif tushgan. Ma'lumki, bu klubni uelslik murabbiy Jon Toshak atigi 3 oy boshqardi va shundan so'ng iste'foga chiqarildi. Chunki "Traktorsozi" bu murabbiy qo'l ostida 6ta o'yinda 9 ochko to'pladi.
Klub oldiga Eron chempioni bo'lish vazifasi qo'yilgan, shu bois rahbariyat Sven-Goran Erikssonni olib kelmoqchi. Agar Eriksson varianti amalga oshmasa, unda klub "Verder" jamoasining sobiq ustozi Aleksandr Nuriy bilan muzokaraga kirishadi.



