

Termiz klubi oxirgi marta 2004 yilda O'zbekiston oliy ligasida ishtirok etgan edi. Biz o'sha yil dunyo qanday bo'lganini eslaymiz.
Messi va Ronaldu hali bironta "Oltin to'p" yutmagan edi

Jahon chempioni Kilian Mbappe 6 yoshda edi

Gretsiya Yevropa chempioni bo'lgan

"Barselona" hali Yevropa chempionlar ligasida umuman chempion bo'lmagan edi

"Manchester Siti" 2004 yil Angliya premer-ligasida 20ta klub orasida 16-o'rinni egallagan edi.

Ektor Kuper "Malorka" bosh murabbiyi edi

Joze Mourinyu "Portu" bilan birinchi bor YCHLni yutgan

Shota Arveladze "Glazgo Reyndjers" safida futbol o'ynayotgandi

"Bunyodkor" klubi yo'q edi

"Milliy" stadioni hali qurilmagan edi

"Traktor" klubi O'zbekiston kubogi finalida o'ynagan

"Lokomotiv" oliy ligada debyut qilgan

"Neftchi" O'zbekiston chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan edi

Hali Iphone telefonlari umuman ishlab chiqarilmagan edi

"Captiva" va "Malibu" avtomashinalari hali ishlab chiqarilmagandi

O'zbekistonda eng yirik qiymatdagi qog'oz pul 1000 so'm edi

O'sha yil facebook ijtimoiy tarmog'i ishga tushirilgandi

www.championat.asia sayti yo'q edi




