Surxon yetakchilaridan biri Shotlandiya chempionatining jamoasida ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi

Alisher
2 avg 2023, 07:50
Surxon jamoasining yetakchisi Dostonbek Tursunov faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishi mumkin

"Yosh jamoamiz Superliga grand jamoalari bilan tengma-teng o'ynamoqda, shu jumladan Surxon O'zbekiston kubogi pley-off bosqichiga ham chiqdi

Hech kimga sir emaski, jamoamizni nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda ham kuzatib borishmoqda. iyul oyida Surxon Xitoyga yig'in o'tkazish uchun jo'nab ketdi va u yerda ko'plab futbolsevar muxlislar jamoamizga muxlislik qilishdi. Shuningdek, futbolchilarimizni Yevropadan skautlar kuzatib kela boshladi. Shu Jumladan, Shotlandiyaning Livingston futbol klubi Dostonbek Tursunovga qiziqish bildirib, ko'rikdan o'tish uchun futbolchimizni Shotlandiyaga taklif qildi

Livingston Shotlandiya oliy ligasi vakili bo'lib, 2022/23 mavsumida jamoa 6-o'rinni egallab oldi. Shu jumladan, Shotlandiya chempionatida Seltik va Glazgo Reynjers kabi grand jamoalar ham ishtirok etadi

Agar Doston Tursunov ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, va futbolchimizning harakatlari Livingston murabbiylarga mos kelsa, Tursunov Shotlandiya chempionatida faoliyatini davom ettirish mumkin. Bu bilan birga, tarixda ilk marotaba o'zbekistonlik futbolchi Shotlandiya chempionatida to'p tepadi",- deb xabar bermoqda Surxon matbuot xizmati. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: «Сурхон» матбуот хизмати