Superliganing 16-ishtirokchisi "Bunyodkor" stadionida aniqlanadi

Iskandarov Abdulaziz
3 dek 2024, 18:20
9 dekabr kuni Superliga uchun pley-off bosqichining so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda "Sho'rtan", "Olimpik", "Qo'qon-1912" yoki "Metallurg" jamoalari orasidan 2 tasi Superliganing so'nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritish uchun maydonga tushadi. 

Liga avvalroq mavsumning so'nggi bellashuvini OKMK stadionida o'tkazishni rejalashtirgandi. Ammo "Metallurg" Superliga turnir jadvalida 13-o'ringa ko'tarilib oldi va 9 dekabr kuni maydonga tushish ehtimoli bor klublar qatoriga qo'shildi. Sir emaski, "Metallurg" 2024 yilgi mavsum davomida o'zining uy uchrashuvlarini Olmaliq shahrida o'tkazdi. Shundan kelib chiqib, Liga OKMK stadioni masalasini kun tartibidan oldi. 

Yuqorida nomi qayd etilgan jamoalardan "Qo'qon-1912" hamda "Sho'rtan" pley-offning oxirgi uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida o'tishi masalasiga xayrixohlik bildirdi. Shu tariqa Liga pley-off uchun "Bunyodkor" stadioni bilan kelishuvga erishdi. Bellashuv 9 dekabr kuni 15:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати