Superligadan 4 nafar futbolchi Tojikistonning bo'lajak o'yinlariga chaqirildi

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2023, 13:59
Xabaringiz bor, Tojikiston terma jamoasi Iordaniya va Pokiston milliy termalariga qarshi o'yin o'tkazishni rejalashtirgan.

Xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt Iordaniya va Pokiston termalariga qarshi o'yinlar uchun chaqirilgan 24 futbolchi ismini e'lon qildi.  

Bo'lajak uchrashuvlar uchun chaqirilganlar ro'yxatida O'zbekiston Superligasidan 4 nafar futbolchi borligiga e'tibor bergan bo'lsangiz kerak. Jumladan, "Neftchi" Farg'ona sharafini himoya qilayotgan himoyachi Zoir Jo'raboev, Toshkentning "Lokomotiv" klubi a'zolari Manuchexr Safarov va Rustam Soirov hamda "Buxoro"dan Muhammadjon Raximov.    


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia