Superliga. Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2020, 14:11
Uzoq tanaffusdan keyin qayta boshlangan Coca Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Superliga. Tur o'yini - "Nasaf" - "Navbahor"

Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb "So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoev topildi. Jizzaxliklar o'z maydonlarida amaldagi chempion va shu tur oldidan "Nasaf" bilan birga peshqadamlik qilib turgan "Paxtakor"ni qabul qilishdi. Ko'pchilik bellashuv oldidan "sherlar"ning g'alabasini kutgan bo'lsa ajab emas. Zero, o'yinchilarning darajasi va tarkibning kengligi borasida "Paxtakor" raqibidan ancha ustun edi. Lekin, Baqoev joriy mavsum hali g'alaba qozonmagan shogirdlarini ayni paytda yurtimizdagi eng kuchli klubga qarshi a'lo darajada tayyorlay oldi. "So'g'diyona" shu kuni tasodifiy g'alabaga erishmadi. Balki, 3 ochkoga mutlaq haqli bo'ldi va munosib g'alabani qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, juda kuchli tarkibga ega bo'lgan "Paxtakor"ni mag'lub etgan Ulug'bek Baqoev 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Qizig'i, Baqoev 2018 yilning 6 aprelida "Buxoro" bilan ham "Paxtakor"ni o'z maydonida aynan 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Demak, Baqoev 3 yil ichida ikkinchi bor Arveladzeni engmoqda.

Eslatib o'tamiz, 4-turdan keyin "So'g'diyona" 4 ochko bilan 11-o'ringa ko'tarildi.


Coca Cola Superliga. 4-tur yakunlari (faqat raqamlar)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia