Superliga. Tur goli - Ivan Solovyov

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2020, 14:22
Coca Cola Superligada 5-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Video "Tezkor studiya". "Metallurg" medallar uchun kurasha oladimi? "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvida nima uchun gol bo'lmadi?


Ortda qolgan 5-turning eng chiroyli goli deb "Navbahor" a'zosi Ivan Solovyovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasini topdik. Namanganliklar o'z maydonlarida "Buxoro"ni mag'lub etishdi - 2:0. Solovyov bahsning 7-daqiqasida raqib himoyachilaridan qaytgan to'pni to'xtatmasdan chap oyoqda darvozaga joylab qo'ydi. Zarbaning ijrosi ham, gol ham chiroyli ko'rinish oldi.

Shu tariqa, Ivan Solovyov 5-turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Eslatib o'tamiz, rossiyalik futbolchi ortda qolgan 5 turning barchasida maydonga tushgan va ikkita gol urgan.




Superliga. Tur futbolchisi - Dragan Cheran

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia