Superliga. "Surxon" qanchadan beri Toshkent jamoalarini engolmayapti?

2 mar 2022, 16:44
Superliga startiga bir necha soat qoldi.

Termizning "Surxon" klubi dastlabki turni "Paxtakor" o'yingohida "Olimpik" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Timur Kapadze shogirdlari bugun Superligada debyut qilishadi. Shu tufayli "Surxon" va poytaxtning boshqa jamoalari o'rtasidagi statistikaga to'xtalamiz. 

1. "Surxon" "Paxtakor"ni 19 yildan beri engolmayapti. "Sherlar"ga qarshi so'nggi 3 o'yinda  15 ta gol o'tkazib yuborgan termizliklar birorta ham to'p kirita olisholmagan.

2. "Surxon" "Lokomotiv"ni hech qachon taslim qila olmagan.

3. "Surxon"ning Toshkent klublari ustidan qozonilgan oxirgi g'alabasi 2019 yilning iyun oyida qayd etilgan (2:0, "Bunyodkor").

Umuman olganda, Termiz klubi elitaga qaytgach (2019), poytaxt jamoalari bilan 18 bor to'qnashib, faqat 1 martagina 3 ochko olishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia