

"Andijon" "Vodiy derbisi" doirasida o'z maydonida "Navbahor"ni mehmon qiladi. Namanganliklar so'nggi bor andijonliklarni ligada 2023 yil 14 aprelda 6-tur bahsida mag'lubiyatga uchratgandi (1:0).
Superliga doirasidagi so'nggi 4 ta uchrashuv natijasi:
2025 yil 28 mart. "Navbahor" – "Andijon" 2:2
2024 yil 30 noyabr. "Navbahor" – "Andijon" 3:3
2024 yil 24 iyun. "Andijon" – "Navbahor" 3:0
2023 yil 23 sentyabr. "Andijon" – "Navbahor" 2:1

Eslatib o'tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. "Navbahor"ning derbidagi g'alabasiz seriyasi bugun tugaydimi?



