Superliga. "Metallurg" va "Bunyodkor" 1 ochkodan bo'lishib olishdi

Tolibjon Qosimov
27 may 2023, 22:05
Coca Cola Superliga 12-turi doirasida "Metallurg" jamoasi "Bunyodkor"ni qabul qildi.

Uchrashuvda har ikkala jamoa ham penaltidan bittadan gol urdi hamda tomonlar 1 ochkoga ega bo'lishdi.

Superliga, 12-tur

27.05.2023, 20:00

"Metallurg" stadioni, Bekobod.

"Metallurg" – "Bunyodkor" 1:1

Gollar: D.Temirov (pen.) 17 - J.Hakimov (pen.) 24

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Shohnur Yo'ldoshev, Shohruh A'zamov, Doston Mirzaraimov,

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR: Rishat Nugmanov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Bekzod Aripov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Husniddin G'ofurov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Bektemir Abdumannonov, 11.Damir Temirov, 17.Vladislav Kasminin, 22.Shaxzodbek G'ofurbekov, 91.Marko Obradovich, 97.Muhammadali Aliqulov

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 21.Abdujalil Manazarov, 23.Behruz Shodmonov, 55.Filip Stamenkovich, 20.Daler Sharipov, 29.Diyorbek Toirov, 3.Akbar Rasulov, 2.Arslonbek Bahromov

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 4.Davronjon Ergashev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Akbarjon Ismatullaev, 8.Shohrux Abdurahmonov, 11.Igor Ivanovich (14.Ahmadjon Anvarov, 90+2), 15.Jasur Hakimov (99.Umidbek Sultonov, 90+2), 22.Usmonali Ismonaliev, 33.Doniyor Abdumannopov (5.Jasurbek Yoqubov, 73), 34. Suhrob Izzatov. 

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 17.Viktor Sotnikau, 25.Muhammadsafo Fozilov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 45.Farhod O'tkirov, 57.Amir To'raqulov.

Ogohlantirishlar: H.G'ofurov 44, K.Palich 57 - SH.Abdurahmonov 45+2, A.Nosko 52, J.Yoqubov 80


MATNLI TRANSLYATSIYA


Uchrashuvs yakunlandi. Durang.

90+5 - Mezbonlar safida Obradovich o'rniga D.Sharipov tushdi.

90+2 - Mehmonlar safida I.Ivanovich hamda J.Hakimov o'rniga A.Anvarov va U.Sultonov tushirildi.

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86 - Zarbaaa, Obradovichning bosh bilan bergan zarbasi darvozaga kirib ketayotganda J.Yoqubov uni qaytardi.

84 - Mezbonlarda D.Temirov o'rniga B.Shodmonov tushirildi.

82 - H.G'ofurovning jarimadan tepgan to'pi ancha noaniq ketdi.

80 - Jasur Yoqubov ogohlantirildi.

76 - Ismatullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq.

73 - "Bunyodkor"da D.Abdumannopov o'rniga Jasur Yoqubov tushdi.

72 - Yo'q, bosh hakam penaltini bekor qildi. Unga VAR yordam berdi.

67 - Yana penalti, bahsdagi uchinchi 11 metrlik. Bu safar Lobanov Ivanovichni yiqitdi. Temur To'xtasinov 2 daqiqa kutib oxiri o'zi VARni ko'rgani ketdi.

64 - Bektemir Abdumannonovning qanotdan uzatgan to'pi Damir temirovgacha borishiga S.Sultonov yo'l qo'ymadi.

57 - Juda qo'pol o'yin uchun K.Palichga sariq.

52 - Nosko ogohlantirilidi.

51 - Obradovichning kuchli zarbasi biroz noaniq.

2-bo'limga start berildi.

Birinchi bo'lim tugadi.

Shohrux Abdurahmonov ogohlantirildi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44 - Ogohlantirish: H.G'ofurov Ivanovichga nisbatan qo'pollik uchun sariq oldi.

40 - Uhh, Obradovichning zarbasidan keyin S.Sultonov jamoasini goldan qutqardi.

35 - Zarbaa, Z.O'rinboevning urinishidan keyin S.Sultonov to'pni ushlab oldi.

33 - Burchak zarbasidan A.O'lmasalievning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

24 - GOOOLLL, Jasur Hakimov penaltidan muvozanatni tiklamoqda - 1:1.

21 - Yana penalti, bu safar "Metallurg" darvozasiga. X.Sattorov S.Izzatovni yiqitgani uchun 11 metrlik zarba belgilandi.

17 - GOOOLLL, Damir Temirov 11 metrlik nuqtadan adashmadi - 1:0.

15 - "Bunyodkor" darvozasiga penalti belgilandi. Nosko Obradovichni yiqitdi.

Bugun bekobodliklarning ikkala chap qanot himoyachilari diskvalifikaciya sabab o'yinda ishtirok etishmayapti. Bular: Abror Toshqo'ziev hamda Ergash Ismoilov.

7 - Zarbaaa, M.Aliqulovning kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi.

4 - O'yindagi birinchi zarbani Davron Ergashev bosh bilan berdi, biroz noaniq.

O'yin boshlandi.

Uchrashuv boshlanishi biroz kechikmoqda.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>> SUPERLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia