Superliga. Bugun "Lokomotiv" Samarqandda mehmon, "Paxtakor" o'z uyida "Qizilqum"ga qarshi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2019, 10:45
Bugun Superliganing 12-turidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.


21 iyun, juma
18:00 - DINAMO – LOKOMOTIV (SPORT TV 00:05da yozib olingan holda)
Hakamlar
: Olim To'ychiboev, Ravshan Kopadze, Shoxruh A'zamov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Yaqin o'tmishning ikki markaziy himoyachilari o'rtasidagi to'qnashuv: Davron Fayziev Andrey Fyodorovga qarshi.

O'z maydonida umuman yutqazmagan ikki klub o'rtasidagi bahs.

"Dinamo"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 6ta o'yinga etdi (1 g'alaba va 5 durang). "Lokomotiv" 10ta turdan buyon yutqazmay kelmoqda (7 g'alaba, 3 durang).

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida jami 24 marta o'zaro bahs olib borgan. 11 marta "temiryo'lchilar" g'olib bo'lishgan, 10 marta "Dinamo"ning qo'li baland kelgan. Qolgan uchta bahsda esa durang kuzatilgan.

Oxirgi o'zaro 6ta uchrashuvning barchasida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Lokomotiv" bu jamoani mag'lub etgan. So'nggi marta "Dinamo" 2013 yilgi mavsumda "temiryo'lchilar"ni taslim qilgan ekan.



21 iyun, juma
19:40 - PAXTAKOR - QIZILQUM (SPORT TV LIVE)
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

O'z uyida yutqazmagan "Paxtakor" safarda umuman yutmagan "Qizilqum"ni qabul qiladi.

"Qizilqum" to'rtta turdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda (3 durang, 1 mag'lubiyat). "Paxtakor" esa bu mavsumda umuman mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi.

Klublar milliy chempionat doirasida 38 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Katta ustunlik "Paxtakor" tomonida. 31ta uchrashuvda "sherlar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan. "Qizilqum" atigi bir marta g'alabaga erishgan. Oltita bahsda durang qayd etilgan.

"Qizilqum" 2001 yildan buyon "Paxtakor"ni mag'lub eta olmay kelmoqda.

O'zbekiston chempionatining 27 yillik tarixidagi eng yirik natija mana shu ikki klub o'rtasidagi bahsda qayd etilgan: 2007 yil "Paxtakor" safarda bu jamoa ustidan 11:0 hisobida g'alaba qozongan.

“Paxtakor” klubi a'zosi Dragan Cheran oxirgi 6ta turda 10ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia