Superliga. 5-tur uchrashuvlari uchta telekanalda jonli namoyish etiladi, o'yinlarning boshlanish vaqti ham ma'lum

Tolibjon Qosimov
8 iyun 2020, 12:22
Xabaringiz bor, 13 iyun sanasidan Superligaga restart beriladi.

13-15 iyun kunlari 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ichki chempionatimizda 5-tur bellashuvlariga 19 iyundan start beriladi. 3 kun davom etadigan tur o'yinlari qaysi telekanallarda namoyish etilishi ma'lum bo'ldi. Demak, 5-tur o'yinlarining barchasi uchta telekanal - "Sport", "Mahalla" va "Dunyo boʻylab" telekanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi. Bu haqda "Sport" telekanali xabar berdi.

Superliga, 5-tur
19 iyun, juma

19:00. "Qo'qon-1912" – "Qizilqum" "Mahalla" LIVE
20:00. "Paxtakor" – "Bunyodkor" "Sport" LIVE

20 iyun, shanba
19:00. "Navbahor" – "Buxoro" "Mahalla" LIVE
19:00. "Lokomotiv" - "So'g'diyona" "Sport" LIVE
20:00. AGMK – "Surxon" "Dunyo bo'ylab" LIVE

21 iyun, yakshanba
19:00. "Andijon" – "Metallurg" "Mahalla" LIVE
19:00. "Mashal" – "Nasaf" "Sport" LIVE


Eslatib o'tamiz, Superliganing 4-tur bahslari ham aynan yuqoridagi 3 telekanalda to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia