Superliga-2019. "Nasaf-U23", "Buxoro" 3 yilga yoshardi, "Metallurg" esa aksincha...

Narzulla Saydullayev
9 dek 2019, 12:29
2019 yilgi Superliga bahslari yakunlari haqida ma'lumot berishda davom etamiz.

O'tgan mavsumda eng yosh tarkibga ega bo'lgan "Nasaf" bu yil ham eng yosh jamoaga aylandi. E'tiborlisi Ro'ziqul Berdiev tarkibni yana bir yoshga yoshartirishga erishdi. "Nasaf"ning o'rtacha yoshi U-23ga teng bo'ldi.

Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor"ning o'rtacha yoshi 24,8ni tashkil etdi. Bu 2019 yilgi mavsumda ikkinchi eng yaxshi natija sifatida qayd etildi. Jadvalga e'tibor qilsak, o'tgan yilga nisbatan "Qaldirg'ochlar"ning ham o'rtacha yoshi yosharganiga guvohi bo'lishimiz mumkin.

Bu borada uchinchi o'rin "Buxoro"ga nasib etdi - 25,8. E'tiborlisi buxoroliklarning o'tgan yilgi natijasi 28,3 edi.

Bir yil oldin o'rtacha yoshi 25,9 bo'lgan "Metallurg"da bu ko'rsatkich bir yil o'tib 28,5ga aylandi va Bekobod klubi 2019 yil Superligada eng faxriy jamoaga aylandi.

2018 yilda o'rtacha yoshi 29,3ni tashkil etgan "Qizilqum" bu yil taxminan bir yoshga yoshardi.


Klub

2018 yil

2019 yil

"Neftchi"

25,1

-

"Nasaf"

23,8

22,8

"Bunyodkor"

25,4

24,8

"Buxoro"

28,3

25,8

"Dinamo"

-

26

"So'g'diyona"

25,5

26,2

"Paxtakor"

27,6

26,6

"Qo'qon

27,3

26,7

"Lokomotiv"

28,4

27,3

"Navbahor"

27,4

27,6

"Andijon"

-

27,7

AGMK

28,6

27,9

"Surxon"

-

28

"Qizilqum"

29,3

28,1

"Metallurg"

25,9

28,5

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia