Superliga. 1-tur darvozaboni - Igor Litovka

Tolibjon Qosimov
5 mar 2024, 15:42
Kecha Superliga-2024 mavsumining dastlabki turiga yakun yasaldi.

Biroz avval 1-tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik.

Cheran, Tabatadze, Nsungusi va boshqalar. Superliga 1-tur ramziy terma jamoasi

Endi esa birin-ketin tur laureatlarini aniqlab boramiz.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi darvozaboni - Igor Litovka ("Andijon"). 

"Andijon" mavsumni Olmaliqda OKMKga qarshi bahs bilan boshladi. Uchrashuv davomida andijonliklar posboni Igor Litovka 4ta seyv ijro etdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ayniqsa, uchrashuvning 40-daqiqasidagi dabl seyvi tahsinga sazovor. Ruxadze 4-5 metrlardan bosh bilan zarba berdi, Igor qaytardi. Qaytgan to'pga yana Ruxadze zarba berdi va yana posbon o'zini ko'rsatdi.


Superliga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> SUPERLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia