Superkubok. Ravshan Ermatov mutlaq rekordchi

24 fev 2022, 13:39
27 fevral kuni Yaypan shahri O'zbekiston Superkubogiga mezbonlik qiladi.

Ushbu uchrashuvda Akobirxo'ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlashi ma'lum qilindi. 

Akobirxo'ja 7-bor o'tkazilayotgan Superkubok bahslarida ishlaydigan 5-referiga aylanadi. Shukurullaevga qadar bu maqomdagi o'yinlarda ishlash G'ayrat Karimov, Ravshan Ermatov, Sherzod Qosimov va Vadim Agishevga nasib qilgan edi. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Superkubogida eng ko'p ishlagan bosh hakam Ravshan Ermatov hisoblanadi (3 marta - 2014, 2015, 2016). Boshqa hech bir referi Superkubok bahsida bir martadan ortiq ishlamagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia