Superkompyuter O'zbekistonning Osiyo kubogidagi imkoniyatlarini juda past baholadimi?

Khoja
11 yanv 2024, 09:24
12 yanvar kunidan Qatarda start oladigan Osiyo kubogi-2023 bahslari oldidan Opta statistik portali superkompyuter yordamida milliy jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini baholadi.

Unga ko'ra, Osiyo chempioni bo'lish uchun asosiy da'vogar sifatida Yaponiya keltirilgan. "Samuraylar"ning bosh sovringa ega chiqish imkoniyati 24,6 foizga baholangan.

Kuchli uchlikdan Koreya Respublikasi va Eron joy olgan. O'zbekiston milliy terma jamoasini chempion bo'lishini 2,5 foizga baholagan va biz reytingning 8-o'rnidan joy olganmiz.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston guruhda Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o'yin 13 yanvar kuni Ektor Kuper boshqaruvidagi suriyaliklarga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Opta