

"Ha, jamoada hujumchilar yetishmayapti. Ammo bu mening qarorim emas. O'sha vaqtda buni xursandchilik bilan qabul qilganman.
Barcha futbolchilarimizning yuqori potenciali bor. Biroq o'sha paytlarda Romeluning fikrlari jamoa bilan birga emas edi. Boshqa futbolchilar haqida ko'p gapirishni istamayman. Lukakuni qattiq hurmat qilaman, lekin o'sha paytda uning vaqti tugagandi.
Yangi olib kelinganlardan juda minnatdorman. Transferlar oynasining so'nggi kunida yana bir ajoyib futbolchini olib kelishimiz mumkin edi, ammo bunga vaqt yetmadi. Endi tishni tishga qo'yib chidash kerak. Endi biz ishonchsiz futbolchilarga katta summa ishlatmaymiz", - dedi Sulsher.



