Sulsher: "Nima uchun 5 o'zgarishni bekor qilishganini tushunmayman. Bu tarixdagi eng og'ir mavsum"

Tolibjon Qosimov
31 okt 2020, 16:33
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliyada besh nafar o'yinchi almashtirishni bekor qilinishi haqida fikrlarini bildirdi.

U ayni shu qoidani maqul ko'rgani haqida

"100 foizga. Klublar nima uchun bunga qarshi ovoz berishganini tushunmayman, bunga ishonolmayapman. Biz o'yinchilarga g'amxo'r bo'lishimiz va ular haqida o'ylashimiz kerak. Bu tarixdagi eng og'ir mavsum.

Klublar uchun bu qoidani rad etishdan mano nima ekanligini tushuna olmadim. Biz professional futbolchilar, ularning jismoniy salomatligi haqida o'ylashimiz zarur.

Yagona sog'lom qaror - bizga dam olish uchun ko'proq vaqt berish. Premer-ligada ko'pchilik jarohat olib ulgurdi. Men beshta o'zgarishga ega bo'lishni xohlardim", - dedi Sulsher.


O'tgan mavsum pandemiya sabab to'xtatilgan chempionat qayta start olganidan keyin 5 o'zgarish qilish mumkin edi. Keyinroq klublar yangi mavsumda bu qoidani bekor qilishga ovoz berishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com