

“Bir nechta asosiy futbolchilarimiz yo'q edi, biroq bu o'zimizni oqlashga bahona bo'la olmaydi. Ayni damda biz musobaqa jadvalida noodatiy joydan o'rin olib turibmiz (12-o'rin). Bazi o'yinchilarimizga o'zini dadil tuta olish qobiliyati yetishmayapti. G'alaba uchun vaziyatlar yarata olmayapmiz. Bularning hammasiga men javobgarman. Futbolchilarning fikrlarini bir joyga jamlash kerak. Yosh o'yinchilarimizga esa ishonch yetishmayapti. Hozircha natijalarning yo'qligi ham ularga ta’sir qilmoqda”, - deydi Sulsher.
9-turda “Manchester Yunayted” o'z uyida “Liverpul”ni qabul qiladi.



