Sulsher: “Men uchun De Xea - dunyoning eng yaxshi darvozaboni”

4 may 2019, 09:43
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi “Haddersfild”ga qarshi bahsdan oldin David de Xea haqida fikr bildirdi.

“David ajoyib darvozabon. U ruhan juda kuchli. Albatta, so'nggi haftalarda u haqida gazetalarda keragidan ortiq yozishdi. Ammo bunaqasi ham bo'lib turadi. David ayni damda men va muxlislar oldida yana o'zini ko'rsatishga tayyor. Uni qo'llab-quvvatlaymiz. De Xea dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri, men uchun esa eng yaxshisi”,-deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24