Sulsher: "Lukaku va Sanchesni qo'yib yuborib, to'g'ri ish qildik"

Mirjalol Normatov
20 sen 2019, 23:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yosh futbolchilarga ishonch bildirmoqchi.

"Lukaku va Sanchesning ketishi to'g'ri qaror bo'ldi deb hisoblayman. Shu boisdan endi jamoada Meyson Grinvud asosiy rolni o'ynashi mumkin. Bu klub uchun juda muhim. Ha, hozircha Grinvud juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Biroq u rivojlanishda davom etadi", - dedi Sulsher.

Ushbu yozda Lukaku va Sanches "Inter" futbolchilariga aylanishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ВВС