Sulsher: "Liverpul" muxlisi meni tabrikladi"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 23:09
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Xaddersfild" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Hali bu bilan kifoyalanmaymiz. Keyingi haftada bundan-da yaxshi bo'lamiz. Chunki Sanches, Lukaku ham safga qaytadi. Hali ulardan foydalanganim yo'q. Ular jamoani oldinga etaklay oladi.

Pogba hozir baxtiyor. U vaziyatlardan foydalanib, ko'plab gollar urishini yaxshi biladi. U bu haftaning o'zida bir necha golga assistent bo'lishga ulgurdi.

O'yin tugaganidan keyin mening oldimga gavdali yigit keldi va ko'zini qisdi. Keyinchalik qo'l siqishdik va u menga: "Liverpul" muxlisiman. Ajoyib g'alaba bilan tabriklayman" dedi. Albatta bundan juda xursand bo'ldim", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports