Sulsher 17 yoshli Jud Bellingemning MYU bazasiga kelgani haqida gapirib berdi

Administrator
6 mar 2024, 21:14
Murabbiy futbolchini Manchester klubida o'ynashga ishontirishga harakat qilganini aytdi.

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Jud Bellingemni klubga olib kelish uchun harakat qilganini aytdi.

"Jud klub bazasiga kelgandi. Men, ser Aleks Fergyuson, Brayan Robson va Erik Kantona o'sha yerda edik. 

Biz u bilan gaplashdik. Judni klubda o'ynashga ko'ndirishga urinardik. Bellingem o'zi nima xohlayotganini juda yaxshi bilardi – asosiy jamoada ma'lum daqiqalar maydonga tushish. 

O'shanda u 17 yoshda edi. Jud men ko'rgan 17 yoshlilar ichida eng etuk ko'rinishga ega inson edi. U hamma narsani reja bilan qilardi", -deydi Ole Gunnar Sulsher.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/WeAreTheOverlap