Subotich mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2013, 14:25
"Borussiya Dortmund" klubi markaziy himoyachisi Nevan Subbotich mavsum so'nggigacha safdan chiqdi deb xabar bermoqda, Sport1.

24 yoshli himoyachining tizza bo'g'imlarida jiddiy jaroxati borligi aniqlandi.

Eslatib o'tamiz, Subbotich Germaniya chempionati 12-tur  "Volfsburg"ga qarshi uchrashuv vaqtida raqib xujumchisi Ivica Olich bilan to'qnashuvda jaroxat olgan.

Germaniya chempionatining bu yilgi mavsumida serbiyalik 10 ta uchrashuvda qatnashdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru