
Luis Suarezni jarohati bezovta qilmayapti. U kecha jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarga qatnashgan va futbol o'ynagan. Lekin shunday bo'lsada, Suarez mundialdagi birinchi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Urugvayning Kosta-Rikaga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibi quyidagicha bo'ladi: Muslera, M. Pereyra, Godin, Lugano, Kaseras, Rios, Gargano, Rodriges, Stuani, Forlan, Kavani.