Suares penalti haqida: "Tasodifan Denayerning oyog'ini bosib oldim, qarorni hakam qabul qiladi"

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 10:25
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Lion" ustidan qozonilgan g'alabadan (5:1) so'ng Fransiya jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.

Jeyson Denayer sirpanib to'pni maydonda chiqarib yubormoqchi bo'ldi, urugvaylik uning oyog'ini bosib oldi va yiqildi. Lionel Messi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.

"Denayer oyog'ini tasodifan bosib oldim, bu muvozanatimga ta’sir ko'rsatdi. Penalti belgilash qarorini hakam qabul qiladi.

Gol ura olmadim? Hujumchilar gollar bilan yashaydi, ammo keyingi bosqichga chiqqanimdan xursandman. Jamoa zafar quchishni davom ettirishini xohlayman. Taslim bo'lmayman va omadni izlashda davom etaman" - deydi forvard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca