Suares "Oltin butsa" uchun kurashda Ronaldudan uzoqlashdi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2014, 12:31
"Liverpul" hujumchisi Luis Suares "Oltin butsa" uchun kurashda Krishtianu Ronaldudan uzoqlashdi.
"Norvich"ga qarshi o'yinda gol urgan urugvaylik hujumchi 60 ball to'pladi (30ta gol), Ronaldu hisobida esa 56 ball (28ta gol) bor.

"Elche"ga gol urgan "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta hisobidagi ballarni 54taga etkazib oldi.

Kecha "Atletik" darvozasini ishg'ol qilgan Leo Messi hisobida 52 ball bor.

Ronaldu bu mavsumda yana 5ta o'yin o'tkazadi, Messi va Kosta 4ta, Suares esa 3ta o'yin o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru