Suares Neymar bilan bir xil maosh olmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2016, 07:31
Barselona o'z hujumchisi Luis Suares bilan 2019 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqda.
Suares yangi shartnomaga ko'ra Neymar bilan bir xil maosh olmoqchi. Urugvaylik futbolchi ayni paytda yiliga 10 million evro oladi, Neymar esa 16 million evro ishlab topadi.   

Ikkala tomonni bu talablar qoniqtiradi va yaqin orada shartnoma uzaytirilgani haqida rasman xabar beriladi.

Barselonada eng ko'p maoshni Lionel Messi oladi - 21.2 million evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.es