Suares: “Messi va men Neymarga PSJga o'tgani xato ekanligini aytganmiz”

Nozimov Nig'monxo'ja
19 dek 2023, 08:45
Urugvaylik hujumchi Luis Suaresning fikricha, braziliyalik hujumchi Neymarning PSJga o'tishi xato bo'lgan.

“Men, Messi va Neymar yaxshi do'st edik. Agar har birimiz o'z vazifamizni a'lo bajarsak, “Barselona”ni hech kim yuta olmasdi. Bazida birimizning o'yinimiz chiqmay qolsa, qolgan ikkitasi o'yin taqdirini hal qilardi. Biz Neymarga PSJga o'tish xato ekanligini aytgandik. 

U dunyoning eng zo'ri bo'lish uchun Messini oldida qolishi kerak edi. Biroq Neymar o'zining qarorini qabul qildi va jamoani tark etdi”,-dedi Suares.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2017-2023 yillar oralig'ida PSJda harakat qilgan. U yozgi transfer bozorida “Al Hilol”ga ko'chib o'tdi. Ayni vaqtda 31 yoshli futbolchi jarohatini davolash bilan band.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com