Suares ikkinchi golda qoida buzganmidi? Futbolchining o'zi bunga javob berdi

Aslanov Jasurbek
7 may 2018, 12:01
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Real"ga qarshi LaLiganing 36-tur uchrashuvidan (2:2) so'ng, Lionel Messi gol urgan vaziyatdan oldin o'zi qoida buzganini aytdi.

"Barselona" ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi. Serxi Robertoning chetlatilishi bizga zarar etkazdi, ammo jamoa yaxshi himoyalandi va jismonan tayyor edi. Durang yomon natija emas.

Ikkinchi golda qoidabuzarlik bor edi. "Real" himoyachisi to'pni nazorat qilayotgandi, men esa oyog'imni qo'ydim, ammo bu hakamning qarori. Referi o'yinni davom ettirishiga ruxsat berganidan biroz hayratlandim" - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Movistar