Suares: "El-Klassiko"da g'alaba qozonish navbati "Barselona"ga keldi"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2018, 17:21
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 10-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"El-Klassiko" "El-Klassiko"ligicha qoladi. O'tgan mavsum "Real" bilan o'yindan oldin chempionlikni hal qilgan edik, ammo bahs baribir tomoshabop bo'ldi. Har doim shunday. "El-Klassiko"dan oldin jamoaning jismoniy holatini hisobga olish kerak, ammo maydonda bu haqida o'ylamaysan.

Yangi murabbiy jamoaga ilhom bag'ishlaydi. Futbolchilar unga o'zini ko'rsatishga urinishadi. "Barselona" "Real" bilan bahsda ehtiyotkorroq bo'lishi kerak, chunki raqibda sifatli va iqtidorli futbolchilar ko'p.

Ronaldu qanday futbolchi ekanligini hamma biladi, ammo jamoa kimningdir ismidan ustunroq. Xatto Krishtianu ketganidan keyin ham jamoada o'yin taqdirini hal qiladigan individual mahorat egalari bor.

"Barselona" Ronaldu yo'qligi tufayli muammolarga uchrayotgan raqib haqida emas, o'z o'yini haqida o'ylashi kerak. Biz o'zimiz va muxlislar uchun g'alaba qozonmoqchimiz. "El-Klassiko"da g'alaba qozonish navbati "Barselona"ga keldi. Shunday bo'ladi deb umid qilaman" - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo