

"Bahs oldidan Neymar bilan gamburgyerdan garov o'ynadim. Mag'lub to'laydi. Neymar - ajoyib do'st, doimo bir-birimiz bilan xazillashamiz. Uchrashuvdagi g'olib muvaffaqiyatdan rohatlanadi. Har birimiz o'z milliy terma jamoamiz uchun bor kuchimizni beramiz" - deydi Suares.
Urugvay va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi bahs 26 mart kuni braziliyaliklar maydonida bo'lib o'tadi.



