Strotman: "CHLdan chiqib ketish og'ir, "Roma" g'azabda"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2016, 15:49
"Roma" yarim himoyachisi Kevin Strotman "Portu"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.

"Bu uchrashuvni yaxshi boshlay olmadik. Negaligini bilmadim, ammo bahsga yaxshi tayyorlangan edik va nima qilish kerakligini bilardik. Xatoga yo'l qo'ydik. "Roma" yomon o'ynadi va ikkita qizil kartochka oldi. Hisob 0:2 bo'lganidan so'ng, biz uchun hammasi yakunlangan edi.

Chempionlar ligasini tark etish - og'ir. Jamoa g'azabda, ammo endi bor e'tiborni A Seriyaga qaratish lozim" - deydi Strotman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium