Sterling va "Manchester Siti" o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2018, 17:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling avvalgidek klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

23 yoshli futbolchi va "shaharliklar" o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi va tomonlar uni uzaytirish maqsadida.

Ma'lumotlarga ko'ra, bahorda boshlangan muzokaralar ayni damda boshi berk ko'chaga kirib qolgan. "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaning o'zi Raxim Sterlingni jamoada olib qolishni istamoqda.

Sterling 2015 yilning yozida "Liverpul"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Guardian