Sterling APLdagi 50-golini kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2018, 20:48
"Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterling "Arsenal"ga qarshi o'yinda hisobni ochdi.

Ushbu gol Sterling uchun Angliya Premer-Ligasidagi 50-gol bo'ldi.

Ma'lumot uchun, APLda bunday ko'rsatkichga erishgan eng yosh futbolchi Maykl Ouen hisoblanar ekan. U 20 yosh 251 kunligida ligada 50ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Bugun Sterling ushbu natijaga erishganida 23 yosh 247 kunlik edi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia