Srna “Kalyari”ga o'tdi

23 iyun 2018, 01:50
Doneckning “Shaxtyor” klubi himoyachisi Dario Srna Italiyaning “Kalyari” klubi bilan shartnoma tuzdi.

Futbolchi yangi klubi bilan 1+1 tarzidagi kelishuvga erishdi.

36 yoshli futbolchi 2017 yilning sentyabrida antidoping qoidalarini buzgani uchun chetlatilgandi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

“Shaxtyor”da o'tkazgan 15 yili mobaynida u 536 ta uchrashuvda maydonga tushib 49 ta gol urishga erishdi. Xorvatiyalik futbolchi jamoasi bilan 26 ta sovrinni qo'lga kiritdi: UEFA kubogi, Ukraina chempionligi (10 marta) Ukraina kubogi (7 marta), Ukraina Superkubogi (8 marta).

O'xshash yangiliklar


Manba: www.cagliaricalcio.com