Sporting Xixon – Real Sosedad. 19 yoshli Sanabriya mavsumdagi ikkinchi xet-trigini nishonladi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2016, 16:00
Sporting klubi hujumchisi Antonio Sanabriya Real Sosedadning tor-mor etilishida ishtirok etdi (5:1).

19 yoshli paragvaylik futbolchi xet-trikka erishdi. Shu tariqa u bu mavsumda ikkinchi bor bitta o'yinda uchta gol urdi. Ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida Sanabriya, Garet Beyl va Luis Suares hisobida 2tadan xet-trik bor.

Sanabriya Sporting to'purari hisoblanadi, u 9ta gol urgan. Bu futbolchi huquqiy jihatdan Romaga tegishli, Sportingda ijara asosida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com