"Sporting" klubi Krishtianu Ronaldu brendi ostidagi futbolkalarni chiqardi - liboslar 3 kun ichida rekord darajada sotildi

Оқил Абдубарноев
8 avg 2023, 21:15
Libosning ko'krak qismida CR7 brendi mavjud.

Klub uy stadioni - "Xose Alvalade"ning 20 yilligi munosabati o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida portugaliyaliklar "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi - 3:1. O'sha uchrashuv tufayli Ronaldu bir necha kundan so'ng "Yunayted" futbolchisiga aylangani haqida afsonalar mavjud.

Ishlab chiqarilgan qora va tillarang libosning asosiy detali CR7 brendidir.

Futbolkalar sotuvga chiqqanidan buyon 3 kun ichida 10 000 dan ortiq sotilgan, bu Portugaliya klubi uchun mutlaq rekorddir. Atigi 3 kun ichida "Sporting" 750 ming evrodan ortiq daromad oldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif