"Sport TV" Olmaliqdagi o'yinni jonli olib beradi

Tolibjon Qosimov
9 noya 2018, 17:16
Olmaliq shahrida katta futbol bayrami davom etmoqda.

AGMK klubi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgani munosabati bilan bugun shaharda katta bayram tadbiri o'tkazilmoqda.

"Sport" telekanali bugun Superliga 30-turidan o'rin olgan uchrashuvlar orasidan Olmaliqda o'tadigan AGMK - "Qo'qon-1912" o'yinini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. "Sport TV" 16:00dan boshlab Olmaliqdan jonli efirga chiqmoqda. Biroz avval O'zbekiston kubogi sohiblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosim telekanalda jonli ko'rsatildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia