"Sport TV" OCHL finalini jonli ko'rsatadi

Tolibjon Qosimov
3 noya 2018, 10:52
Birozdan so'ng Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki final uchrashuvi start oladi.

Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi Eronning "Persepolis" jamoasi bilan kuch sinashadi. Birinchi o'yin Yaponiyada bo'lib o'tadi.

"Sport" telekanali 11:00da boshlanadigan ana shu uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. Bellashuvni Bobur Akmalov sharhlab boradi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia